French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy oltin savdosi to‘xtatib qolindi
08:31 / 2025-11-17

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, tadbir davomida Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi, 1982, 1984 va 1996 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro qonunga xilof ravishda jami og‘irligi 475 gr. tashkil qilgan 2 bo‘lak oltin quymalarni xaridorga 737 mln so‘mga sotishga kelishib, olindan 500 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra, 994 asillik darajasidagi ushbu oltin quymalarning sof og‘irligi 472 gr bo‘lib, umumiy qiymati 740,4 mln so‘mни tashkil etadi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxslarning 2 nafari muqaddam sudlangan bo‘lib, ulardan biri hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.