Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy olib kirilayotgan tovarlar chegarada to‘xtatib qolindi
14:04 / 2022-02-13

Bojxona organlari tomonidan tovarlarning noqonuniy aylanmasi hamda “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga fuqaro M.D, S.E, B.I, S.K, K.S, N.M. boshqaruvidagi “Mercedes Benz”, “DAF” rusumli yuk avtotransport vositalari postda o‘rnatilgan inspeksion-ko‘rik majmuasi yordamida skanerlanganida, avtotransport vositasida shubhali bir hil miqdor va hajmdagi tovarlar borligi aniqlandi.

Natijada hujjatlarda ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, dastlabki so‘rovga ko‘ra qiymati 184 million so‘mlik yuk avtotransport vositasining 66 ta gilzasini Rossiya Federatsiyasidan olib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA