Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy olib ketilayotgan Yevropa kiyigi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi
12:34 / 2023-01-11

Joriy yilning 10 yanvar kuni Tabiat resurslari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Toshkent shahrining “Yangihayot” blokmaskani (Surum) da bir bosh Yevropa kiyigi (Yevropeyskaya lan - Dama (Cyervus) dama)ni fuqaro X.J. o‘z avtotransport vositasida tegishli hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlandi.

Surishtiruv davomida Yevropa kiyigining egasi ekanligini vaj qilgan fuqaro B.L. va uning sherigi bo‘lgan X.J. voqea joyida tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan.

Shu sababli, ushbu holatga aniqlik kiritilgunga qadar Yevropa kiyigi vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot  bog‘iga topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish o‘rinliki, mazkur tur CITES konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan.

CITES ning II  ilovasi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini o‘z ichiga qamrab oladi.  

Ushbu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qilish taqiqlanadi.  II ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun CITES ning ham eksport, ham import ruxsati olinishi talab etiladi.

 

G.Sattorova,

O‘zA