Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy mayning qurilma faoliyatiga chek qo‘yildi
12:58 / 2024-05-11

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya»ning ma’lum qilishicha, qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qibray tumani «Taraqqiy» MFYdagi xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro I.B. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda “Avalon” rusumli mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik tufayli tizimga 733,2 million so‘mlik zarar yetkazilgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi,  O‘zA