Andijon viloyati Buloqboshi tumani "Shirmonbuloq" mahallasida yashovchi fuqaro O.P.ning noqonuniy “mayning” faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlarga ko‘ra, fuqaro O.P. o‘z jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, xonadonida 5 ta to‘plamdagi kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan va ularni tijorat maqsadida ishlatgan. Mazkur qurilmalar umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan bo‘lib, natijada 157,9 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ushbu mayning ferma faoliyati fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) va 278-9-moddasi (“Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
H.Bayanov,O‘zA