Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan o‘qituvchi o‘z ishiga qayta tiklandi
16:52 / 2022-09-08

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari sudlov hay’atining da’vogar N.I.ni Oltinko‘l tumanidagi maktablardan biriga o‘qituvchi vazifasiga qayta tiklanishi, shuningdek, majburiy progul uchun 13 million 864 ming 416 so‘m ish haqi undirilishi bo‘yicha ijro varaqasi kelib tushgan.

Mamlakatimizning amaldagi mehnat qonunchiligida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasi asossiz bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, o‘sha fuqaro ish beruvchi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. Mazkur talab asosida ish beruvchiga Byuro xodimlari tomonidan tegishli tartibda talabnoma yuborilib, ijro harakatlari olib borilgan.

Natijada, maktab direktorining buyrug‘i bilan o‘qituvchi N.I. o‘z vazifasiga qayta ishga tiklandi hamda majburiy progul kunlari uchun unga 13 million 864 ming 416 so‘m to‘lab berildi. Ming afsuski, qonun talablarini bila turib, ayrim rahbarlarning yuqoridagi kabi noqonuniy xatti-harakatlari natijasida nafaqat adolat mezonlari buzilmoqda, balki qancha-qancha odamlar vaqtini zoye ketkazib, sarson bo‘lmoqda. Lekin ular adolat ertami kechmi, albatta, qaror topishini unutmasliklari lozim.

F. UBAYDULLAEV, O‘zA