Noqonuniy ish – keltirar tashvish
Joriy yil 19 iyulidan 20 iyuliga o‘tar kechasi, tungi soat 00:05 larda G‘allaorol tumani hududidagi “Sangzor-15” yo‘l patrul xizmati (YPX) maskanida Jizzax viloyat ichki ishlar organi xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro O.Yu. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganida, avtoulov saloni va yukxonasida jami 490 kilogramm go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.
Haydovchi ushbu go‘sht mahsulotlarini Toshkent shahriga sotish uchun olib ketayotganini ma’lum qilgan. Biroq ushbu mahsulotga hech qanday hujjat taqdim eta olmaganligi bois hujjatlashtirib olingan. Go‘shtning iste’molga yaroqli yoki yaroqsizligini tekshirish maqsadida vaqtincha saqlash uchun muzxonaga joylashtirilgan.

Go‘sht iste’molga yaroqli chiqsa go‘sht tashish qoidasini, yaroqsiz chiqsa, iste’molga yaroqsiz mahsulot sotish qoidasini buzgan qoidabuzar fuqaro ehtimol bundan keyin amalda belilangan qoidalarga rioya etar, ammo hozircha u qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.
A.Qayumov, O‘zA