Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy inshootlar majburiy tartibda buzildi
16:47 / 2025-08-21

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi O‘zbekiston mahallasida 14 nafar fuqaro tuman hokimligi zaxirasidagi 0,55 gektar yer maydoniga molxona va omborxonalar qurib olinganligi aniqlandi. Sud qarori asosida mazkur inshootlar majburiy tartibda buzilishi belgilandi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan javobgarlar ogohlantirildi va  ixtiyoriy ravishda buzish uchun belgilangan muddat berildi. Muddat yakuniga yetgach, ular qurilmalarni buzishmadi. Shu sababli ma’muriy tartibda jarima qo‘llandi va majburiy ijro choralari amalga oshirildi.

– Bu kabi choralar davlat mulkini himoya qilish va yer resurslaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega, – deydi Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo‘limi boshlig‘i Hamid Qorayev. – Shu bois, sud qarorlari to‘liq bajarilmagan holatlarda majburiy ijro tadbirlari qo‘llanadi va qonunbuzarliklar bartaraf etiladi.

Soha xodimlari tomonidan qonun ustuvorligini mustahkamlash va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tizimli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu choralar zaxira yer maydonlarida qurilgan noqonuniy inshootlarni buzish, davlat mulki hamda yer resurslari bo‘yicha chiqarilgan qonunlarini to‘liq bajarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri