Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilmoqda
16:15 / 2024-03-29

Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanish va suvdan maqsadsiz foydalanishga qarshi qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

“Surxondaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati hamda viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining navbatdagi reyd tadbirlari Sherobod tumanidan boshlandi. 

– Dunyoda yuz berayotgan ichimlik suvi tanqisligi bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q, – deydi “Surxondaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari O‘raqali Diyorov. – Endilikda iste’molchilar ongiga toza suvning qadriga yetish va ob-hayot tekin emasligini chuqur singdirish barobarida ularning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda shartnomasiz ichimlik suvidan foydalanib kelgan iste’molchilar, suv tarmoqlariga noqonuniy ulangan tashkilot va muassasalar, qarzdorlar aniqlanib, tegishli chora qo‘llanilmoqda. 

Sherobod tumanidagi tadbir chog‘ida ichimlik suvidan shartnomasiz foydalanib kelayotgan bir iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yildi. Ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulangan 64-umumta’lim maktabi 1 million 90 ming so‘m jarimaga tortildi. Novbur, Xalqobod mahallalarida besh nafar iste’molchi bilan yangidan shartnoma tuzilib, ularga ichimlik suvidan yuzaga kelgan 1 million 350 ming so‘m qarzdorlikni to‘lash yuzasidan ogohlantirish xati berildi. 

Tumanda hamkorlikdagi reyd tadbirlari davom etayotir. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri