Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy harakatga chek qo‘ydi
16:55 / 2025-11-20

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashga bo‘lgan urinishga barham berildi.

Xorijdan import tariqasida kirib kelgan yuklar hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘rinlar soni va miqdor bo‘yicha mos bo‘lsa-da, tovarlarning tarozidagi vaznida tafovutning kuzatilganligi, tegishli  tartibda bojxona ko‘rigini o‘tkazish zarurligini ko‘rsatdi.

Tovarlarni klassifikatsiyalash bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan TIF TN kodlarini aniqlashtirish maqsadida o‘tkazilgan bojxona ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, hujjatlarda “karton asosli, yupqa metall folga bilan qoplangan qadoqlash materiali” sifatida ko‘rsatilgan yuk aslida “bir martali alyuminiy idish va oziq-ovqat tashish uchun mo‘ljallangan qopqoqlar” ekanligi  tasdiqlandi.

Ushbu holatning o‘z vaqtida aniqlanishi natijasida qariyb 100 million so‘m miqdorda qo‘shimcha  bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.