French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi
18:03 / 2023-03-02

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida qonunga xilof tarzda faoliyat olib borgan tadbirkor faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Viloyatda “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Vazirshoh mahallasida yashovchi fuqaro M.F. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, fuqaro moyjuvoz uskunasidan foydalanib, iste’molchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan chigitdan olinadigan mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.  

Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida 9.2 kilogramm paxta chigiti, 2.6 kilogramm kunjara yem mahsuloti, 1.6 litr paxta yog‘i hamda 1 dona moy juvoz uskunasi tekshirish maqsadida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning  tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA