Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy faoliyat fosh etildi
15:52 / 2026-01-01

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joylarda qonunbuzarliklarni oldini olish choralarini ko‘rmoqda.

2025 yil tahlillarga ko‘ra, boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yo‘nalishida 59 ta holatda 195,4 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. 

Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida 4 ming 650 ta holatda 144,5 milliard so‘mga teng tovarlar ushlab qolindi. Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 51,5 milliard so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Jumladan, boshqarmaga qarashli “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor tuzilmalari hamda Qibray tumani Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda bojxona nazorati tadbirlari amalga oshirildi.

Yurtimizga o‘tish uchun kelgan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Unda avtotransport yukxonasida yuklar orasiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan jami 827 dona elektron tamaki vositalari aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda “Navoiy” chegara bojxona posti orqali piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari belgilangan tartibda tekshirilganida, unga tegishli qo‘l yuklari ichida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va deklaratsiyalanmagan xorijda ishlab chiqarilgan 400 dona “VELO” nomli tamaki mahsulotlari borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

A.Musayev, O‘zA.