Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy egallangan 728 ta yer maydoni o‘z holatiga qaytarildi
12:03 / 2022-10-08

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Alimjan Maxarovning ma’lum qilishicha, Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan 1 oktyabr kuniga qadar 888 ta holatda 79,24 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

Jumladan, uy-joy qurish maqsadida 48 ta, noturar joy qurish maqsadida 281 ta hamda dala tomorqa va boshqa maqsadlar uchun 559 ta yer maydoni noqonuniy egallangan. Agentlikning tuman shahar bo‘limlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 728 ta noqonuniy egallangan yer maydonlari o‘z holatiga qaytarilgan.

Misol uchun, joriy yilda Guliston shahar "Namuna" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joyning umum foydalanishdagi yer maydonida fuqaro tomonidan 100 kv.metr yer o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan. O‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro ushbu yerga hech qanday tegishli hujjatlarsiz, noqonuniy tarzda xizmat ko‘rsatish binosini qurish uchun beton poydevor quygani ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbir natijasida Kadastr agentligi Guliston shahar bo‘limi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida qurilgan poydevorni o‘z hisobidan buzdirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, ijro uchun MIBga yuborilgan. MIB tomonidan ushbu hal qiluv qarori ijroga qabul qilinib, fuqaro hisobidan buzdirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, ushbu bo‘sh yer maydoni Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolariga qo‘yilgach,  tadbirkorlar tomonidan yutib olinib, qonuniy tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda,  qonun buzilish holatlarini sodir etgan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan 2 854 ta ish yuritilib, ularga nisbatan 3,5 milliardga yaqin jarima qo‘llanildi. Shuningdek, jarimalarning 1,6 milliard so‘mi undirildi.

O‘zA