Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy dori-darmon savdosiga chek qoʻyildi
20:47 / 2020-07-29

Shu kunlarda aholining dori-darmonlarga boʻlgan ehtiyoji oshgani sir emas.

Shu kunlarda aholining dori-darmonlarga boʻlgan ehtiyoji oshgani sir emas. Shunday paytda vaziyatdan foydalanib qolishga urinayotgan shaxslar uchrab turibdi. Yaʼni dori-darmonlarning noqonuniy savdosi avj olmoqda.

Davlat bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.N. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli hamda fuqaro Sh.I. boshqaruvidagi “Spark” avtomashinalari belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Mazkur avtomashinalar yukxonasi va salonida qogʻoz qutilarga solingan xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan turli nomdagi dori vositalari va ularning noqonuniy realizatsiyasidan olingan 21,4 million soʻm pul borligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv harakatlari natijasida huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qoʻyilgan dori vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, salkam 205 million soʻmni tashkil qilmoqda.

Yana bir holatda Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Yashnobod tumanida oʻtkazgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.X.ni 23 xil turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha pullayotgan vaqtida qoʻlga oldi.

Shuningdek, ushbu shaxsning “Lasetti” rusumli avtomashinasi koʻzdan kechirilganida, yukxonada tegishli hujjatlari boʻlmagan 8 xil turdagi dori vositalari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida 731 quti dori vositalar ashyoviy dalil siftida olindi. Dorilar qiymati taxminan 50 million soʻmni tashkil qiladi.

Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabariga koʻra, mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.