Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy daraxt ko‘chirgan mansabdorlar ustidan jinoiy ish ochildi
10:36 / 2025-07-30

Atrof-muhitga zarar yetkazgan har qanday qonunbuzarlik jazosiz qolmaydi.

Ekologiya tizimida amalga oshirilayotgan nazorat reyd tadbirlari aynan mana shunday holatlarning oldini olishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

Xususan, 2025 yil 29 iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reydi o‘tkazilganda Buxoro shahri “Sheyxon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tibbiyot markazida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. 

Ya’ni ma’lum bo‘lishicha, markaz hududida radiologiya bo‘limini qurish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bois, atrof maxsus to‘siq bilan o‘rab olingan. Shu imkoniyatdan foydalanib, “M.G.” MCHJga tegishli mansabdor shaxslar tomonidan ekologik me’yorlar buzilgan. 

Bu yuzasidan Ekologiya vazirligi axborot xio‘zo‘mati ma’lum qilmoqda. Tekshiruv jarayonida ushbu hududdan 38 tup qimmatbaho daraxt noqonuniy tarzda ko‘chirib o‘tkazilgani, shundan 26 tup daraxt nobud bo‘lgani aniqlangan. Buning natijasida tabiatga 170 million 62 ming 500 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan barcha tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tabiat boyliklari – bebaho meros. Ularni asrash, qonunlarga rioya qilish har bir fuqaroning va ayniqsa, mansabdor shaxslarning asosiy burchidir. Noqonuniy harakatlar uchun qat’iy javobgarlik bor, bu boradagi nazorat yanada kuchaytiriladi. 

M.Eshmirzayeva, O‘zA

14:10

14:12