Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilmoqda
17:59 / 2025-10-18

Butun yurtimiz bo‘ylab tozalik oyligi tadbirlari boshlandi. Mazkur tadbirlar doirasida jamoat joylari, yashash hududlari, yo‘llar, ariqlar va yashil hududlar atrofidagi chiqindilar yig‘ishtirilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Tozalik oyligi doirasida Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida turli tadbirlar, aksiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, viloyatning Jondor tumanida joylashgan Paxtakor mahallasi hamda tuman Eko bozorida inspektorlar tomonidan nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan 3 nafar fuqaro aniqlanib, ularga nisbatan 1 236 000 so‘m jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida Vobkent tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektorlari tomonidan tuman hududida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Unda ikki nafar fuqaro tomonidan chiqindilarni belgilangan joylardan tashqariga tashlash holatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan 824 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, aholiga chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, atrof-muhitni toza saqlash va sanitariya qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Buxoro shahar, Peshku, Kogon, Qorovulbozor, Jondor, Shofirkon hamda G‘ijduvon tumanlarning hududlarida aholi tomonidan tashlab ketilgan turli maishiy chiqindilardan noqonuniy chiqindixona hosil bo‘lganligi inspektorlar tomonidan aniqlandi. Davlat inspektorlari tomonidan maxsus texnikalar jalb qilinib, chiqindixonalar to‘liq bartaraf etildi.

Respublika miqyosida davom etayotgan “Tozalik oyligi” tadbirlari doirasida Buxoro viloyatida ham atrof-muhitni asrash, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va hududlarda ekologik tozalikni ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tuman va shahar hududlarida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Reyd tadbirida belgilanmagan joylarga maishiy hamda qurilish chiqindilarini noqonuniy tashlash bilan bog‘liq 42 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan 42 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan jami 23 million 690 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Viloyat prokuraturasi rahbarligida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 95-sonli “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori talablarini ijrosi ham o‘rganilmoqda.

O‘rganishlarda Buxoro shahridagi “Markaziy chiqindi poligoni” va Romitan  tumanidagi “Chiqindi poligoni”da sohani raqamlash tizimini joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar, maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish hamda qayta ishlash jarayonlariga xususiy sektorni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etish masalalari tahlil qilindi.

O‘rganish natijasida sohada mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.