Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy baliq ovlash qimmatga tushdi
17:42 / 2025-06-28

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi huzuridagi tezkor guruh tomonidan Buxoro viloyati Peshku tumani  Qoraqir tabiiy suv havzasining 1-konturi hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Peshku tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro elektr tokidan foydalangan holda noqonuniy baliq ovlayotgani aniqlandi. Ularning qo‘lidan 168 dona zog‘ora, 10 dona laqqa hamda 1 dona karas balig‘i ashyoviy dalil sifatida olindi va rasmiylashtirildi. Mazkur holat tabiatga yetkazilgan umumiy moddiy zarar miqdori 3 milliard 532 million 500 ming so‘m etib baholandi.

Ta’kidlash lozimki, elektr tokidan foydalanib baliq ovlash nafaqat tabiatga katta zarar yetkazadi, balki suv xavzalaridagi biologik muhit muvozanatini ham buzadi. Bu esa baliqlar populyatsiyasi qisqarishiga, suv hayvonot olamidagi turli ekologik muammolarga sabab bo‘ladi.

Hozirda sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar asosida prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.