Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi
16:55 / 2023-11-18

Toshkent viloyati soliq xizmati organlari xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joylarda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda bir qator noqonuniy savdolar aniqlandi.

Tadbirlar davomida jami 93 million so‘mdan ziyod aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilgani aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Xususan, Parkent tumanida fuqaro S.D. ga tegishli bo‘lgan alkogol mahsulotlari omborxonasi tekshirilganda, u yerda 2021 yilda faoliyati tugatilgan “KOMSAR” MCHJ tomonidan 2023 yilda ishlab chiqarilgani haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan aksiz markasi bilan markalangan umumiy qiymati 69 million 116 ming so‘mlik har xil hajmli jami 14 turdagi 50 ming 53 dona alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi.  

Zangiota tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan "Eshonguzar" QFYda joylashgan “ZANGIOTA GOLD STAR BUSINESS”ga qarashli alkogol mahsulotlari savdo tarmog‘ida navbatdagi sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Natijada aksiz markasi shubhali bo‘lgan 5 turdagi 226 dona (shisha) umumiy qiymati 12 million 160 ming so‘mlik alkogol mahsulotlari vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro T.A aksiz markasiz 5 turdagi 12 million so‘mlik tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu fuqaroning bu ishiga qonuniy chora ko‘rildi.

Hududlarda bu boradagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.  

 

A.Musayev,

O‘zA muxbiri