Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nopok yo‘l – keltirar tashvish
14:20 / 2024-09-07

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Beruniy hamda Qo‘ng‘irot tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi va alkogol mahsulotlarini yashirin ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar ushlandi.

Jumladan, Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli savdo shoxobchasi sotuvchisi I.M. xaridorga aksiz markasiz “Esse Change” nomli tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlandi. Ushbu savdo shoxobchasidan umumiy bahosi 57,4 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 ming 661 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda alkogol mahsulotlarini yashirin ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro T.N. qo‘lbola usulida tayyorlangan 514 dona “Qaratau” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida tanishi B.U.ning xonadonida vaqtincha saqlab qo‘yganligi aniqlandi. Ushbu mahsulotlar tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.