Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nomzodlar bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda
19:17 / 2026-01-17

Toshkent viloyatida 662 nafar talabgor maktab maslahatchisi lavozimlari uchun o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 dekabrdagi “Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi  qarori bo‘yicha tuman-shaharlardagi “Kelajak” markazi direktori va o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi uchun ikki bosqichdan iborat sinov belgilangan.

Toshkent viloyatida ham mazkur lavozimlarga talabgor nomzodlar uchun imtihonlar tashkil etildi. Unga ko‘ra, yangi ilm maskanlaridagi 300 ta o‘rin uchun munosiblar saralanadi. Ishtirokchilar 90 daqiqa ichida 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim va eng yuqori ball to‘plaganlar keyingi – suhbat bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Test jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida, ochiq va shaffof tarzda tashkil etilib, nomzodlarning bilim hamda malakalari xolisona baholanmoqda. Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burhonov markazda bo‘lib, jarayonlarning tashkil etilish holatini ko‘zdan kechirdi.

Jarayonlar davom etmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.