Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nomulkiy turdagi hujjatlar ijrosi ta’minlanmoqda
11:56 / 2025-06-12

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituvida bo‘lgan nomulkiy turdagi hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, Byuro organlari tomonidan nomulkiy tusdagi, xususan, sud qarori bilan qarzdorlarni uydan chiqarish yoki kiritish, voyaga yetmagan farzandlarni ota yoki ona tarbiyasiga olib berish, noqonuniy qurilmalarini buzish, yaqin qarindoshlarning o‘rtasidagi mol-mulkni bo‘lish yoki mol-mulkni olib berish, ishga tiklash va boshqa turdagi ijro ishlarini amalda ijro etish o‘ziga xos murakkab ijro ishlari toifasiga kiradi.

Bu toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi ishning tezroq hal etilishini kutsa, ikkinchi tomon - qarzdor davlat ijrochisining qonuniy talabini bilib-bilmay yoki atayin vaziyatni keskinlashtirishga harakat qiladi. 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ish yurituvga 1 080 ta shu turdagi ijro hujjatlari kelib tushgan. Ularning 328 tasi bola ko‘rsatish yoki olib berish bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgani uyga kiritish, uydan chiqarish, noqonuniy qurilmalarni buzish kabilarni tashkil etadi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 272 ta mazkur toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi tamomlangan. 

Byuro organlari tomonidan bu boradagi amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri