No‘monov Muxammadrajab Adxamjon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bentonitni ishqoriy va organik modifikatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish hamda olingan materiallarning kolloid xossalarini o‘rganish” mavzusida
No‘monov Muxammadrajab Adxamjon o‘g‘lining 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi va 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi tutash ixtisosliklarida “Bentonitni ishqoriy va organik modifikatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish hamda olingan materiallarning kolloid xossalarini o‘rganish” mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 14-fevral kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 160115 Namangan, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy. Namangan davlat texnika universiteti.
Tel/faks: (+99869) 234-14-85