Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nomoddiy madaniy meros: xalqaro ro‘yxatlarga tayyorlov jarayoni muhokamada
11:05 / 2026-02-02

Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida nomoddiy madaniy meros (NMM) namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish, ularni xalqaro miqyosda e’tirof etish va muhofaza qilish masalalariga oid seminar bo‘lib o‘tdi.

Tegishli tashkilotlar va ilmiy muassasalar, soha mutaxassislari hamda amaliyot vakillari ishtirok etgan mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori hamda unga ilova qilingan rejalarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, nomoddiy madaniy meros  namunalarini YUNESKO xalqaro ro‘yxatlariga taqdim etish jarayonini muvofiqlashtirishga qaratildi.

Seminarda ilgari tavsiya etilgan “Kashtachilik san’ati”, “An’anaviy kigiz tayyorlash”, “Alpomish” dostoni, “Kurash”, “Buxoro raqslari” bo‘yicha ehtimoliy qo‘shimcha talablar, joriy yil mart oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan “Do‘ppido‘zlik an’analari va do‘ppi kiyish madaniyati”, “Qorabayir otlarini parvarish qilishga oid an’analar”, “Egar-jabduq yasash bilan bog‘liq an’analar” nomzodnomalarini tayyorlash jarayonidagi ilmiy, hujjatli va tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvdan  maqsad  nomoddiy madaniy merosni faqat ro‘yxatlarga kiritish bilangina cheklanmay, balki uni zamonaviy sharoitda yashovchan qilish, ilmiy jihatdan puxta asoslash, mahalliy hamjamiyatlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlantirish, yosh avlodga izchil yetkazish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘ldi.  

Seminar yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflari nomzodnomalarni yanada takomillashtirish, belgilangan muddatlarda xalqaro miqyosda munosib taqdim etish yo‘lida muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

N.Usmonova, O‘zA