Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nomini o‘zgartirgan “Jizzax-kenteks” – O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
10:24 / 2022-05-10

Jizzax shahrida futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasi jamoalari o‘rtasida o‘tgan 11-tur uchrashuvlari nihoyasiga yetib, “Jizzax-kenteks” jamoasi mamlakat chempioni, degan sharafli nomga ega bo‘ldi.

Har turdagi kabi 12 jamoa 2 guruhga bo‘lingan holda bahslarda ishtirok etayotib, 11-tur uchrashuvlarini nihoyasiga yetkazdi.

1-guruhdagi jamoalar 11-turning birinchi kunida “Dinamo” (Samarqand) – AGMK (Olmaliq) – 2:4, “Paxtakor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 4:3, “Stroitel-Zarafshon” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi) – 4:8, 2-kunida “Stroitel-Zarafshon” – “Lokomotiv” – 2:10,“Paxtakor” – AGMK – 2:0,“Dinamo” – “Nasaf” – 0:3 va 3-kunidagi AGMK –“Stroitel-Zarafshon” – 11:4,“Lokomotiv” – “Dinamo” – 3:1,“Nasaf” – “Paxtakor” – 1:1 hisobi bilan 1-guruhi jamoalari bahslarni yakunladi.

Ushbu turga qadar “Huaxin-Jizzax” jamoasi “Jizzax-kenteks” deb nomini o‘zgartirdi.

Ushbu 2-guruh jamoalari 11-turning birinchi kunida “Metallurg” (Bekobod) – “Jizzax-kenteks” (Jizzax) – 5:3, “Neftchi” (Farg‘ona) – “Maksam-Chirchiq” (Chirchiq) – 2:7, “Bunyodkor” (Toshkent) – “Navbahor” (Namangan) – 5:3, 2-kunida “Navbahor” – “Jizzax-kenteks” – 5:6, “Metallurg” – “Neftchi” – 1:0, “Maksam-Chirchiq” – “Bunyodkor” – 1:2, 3-kunida “Jizzax-kenteks” – “Maksam-Chirchiq” – 4:1, “Neftchi” – “Navbahor” – 4:4, “Bunyodkor” – “Metallurg” – 5:4 hisobida yakunlandi.

Chempionat davomidagi 11-turning 31 uchrashuvida hammadan ko‘p – 87 ochko jamg‘argan Jizzaxning “Jizzax-kenteks” futzal jamoasi mamlakatimiz chempionligini qo‘lga kiritdi.

Hisobida 77 ochko bo‘lgan Olmaliqning AGMK jamoasi ikkinchi, 66 tadan ochko yiqqan Toshkentning “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” klublari to‘plar nisbati va o‘zaro o‘yinlariga qarab uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA