French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nomimda kredit bor, lekin o‘zimning xabarim yo‘q... (+video)
20:38 / 2024-12-13

Qonun loyihasiga sharh

Yaqinda bir qarindoshimizning nomida 50 million krediti borligi ma’lum bo‘lib qoldi. Qizig‘i, ularning o‘zi bundan bexabar. Ya’ni, kreditga ehtiyoji bo‘lmagani va hech qanday kredit olmaganini aytib qoldi...

Afsuski, keyingi vaqtlarda firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kredit mablag‘larini ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari ortib bormoqda. 2024 yilning 8 oyi davomida 800 dan ortiq fuqarolarga 36 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar ularning roziligisiz, xabardorligisiz rasmiylashtirilgan. Bu esa “yemagan somsasiga pul to‘lagan” kabi fuqarolarning zimmasiga kreditni qaytarish javobgarligini yuklaydi.

Bu kabi holatlar, o‘z navbatida, fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda kredit olishdan voz kechish mexanizmini joriy etishni taqozo qilmoqda. Shu maqsadda ishlab chiqilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ismoilovdan ushbu qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan normalar haqida batafsil ma’lumot oldik.

Deputatning qayd etishicha, mazkur qonun loyihasida fuqarolarning roziligisiz kredit rasmiylashtirishni taqiqlash masalasi ko‘rilmoqda. Buning uchun reyestr yuritilishi belgilanmoqda. Har bir fuqaro o‘zining elektron kaliti orqali “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”da yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish orqali bu reyestrga o‘zini kiritishi mumkin. Ushbu reyestrga kiritilgandan keyin har bir kredit tashkiloti, bank va mikromoliya tashkilotlari mazkur reyestrdan ma’lumotlarni ko‘rganidan keyingina kredit rasmiylashtirish kerak. Agar reyestrdan ma’lumotlarni ko‘rmasdan yoki ko‘rib bila turib kredit rasmiylashtirsa, o‘sha kredit tashkiloti javobgar bo‘ladi. Bu kabi tartib-qoidalar ushbu qonun loyihasida mustahkamlab qo‘yilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XZ9Y5ccMqrA" title="Nomimda kredit bor, lekin oʻzimning xabarim yoʻq..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Anvar Ahmedov (video), O‘zA