Nomdor bokschilarimiz “Queensberry Promotions” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi
Boks bo‘yicha "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va ikki karra jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va jahon chempioni Javohir Ummataliyev professional boksdagi faoliyatini boshlash arafasida.
Professional boksda faoliyatini boshlamagan har ikki bokschimiz jahon chempionligiga erishgan Tayson Fyuri, Fabio Uordli, Deniyel Dyubua, Agit Kabayel, Xamza Shiraz kabi nomdorlarni jamlagan “Queensberry Promotions” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Bu, o‘zbek boks maktabining yorqin vakillari yaqin kelajakda o‘tkaziladigan professional boks janglarida ringga ko‘tarilishini anglatadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA