Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Noma’lum etiologiyali zaharlanish natijasida 5 nafar fuqaro olamdan o‘tgan”
19:20 / 2022-03-21

Joriy yilning 21 mart kuni Qo‘qon shahar “Shikorbegi 62-sonli” MFY, Shikorbegi 3-berk ko‘chasi 56-uyda 5 nafar fuqarolar vafot etgan.

Ushbu xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Marxumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza natijalari olingandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.  

Mutaxassislarning o‘rganishlariga ko‘ra fuqarolar is gazidan zaharlanib vafot etganligi taxmin qilinmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Xonadon 2022 yil 18 fevral kuni Qo‘qon "Biokiyo" FVB 30-YOQQ xodimi L.Naziraliyev tomonidan  yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish  yuzasidan yo‘riqnomadan o‘tkazilib, maxsus daftarga imzo qo‘ydirilgan.