Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nojo‘ya ta’sirga ega dorilar savdosini cheklash nazoratda
13:50 / 2023-01-09

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Buxoro dori-darmon” MCHJ faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishda viloyat Kengashi deputatlik guruhi rahbari Mahsud Muhammedov Oliy Majlis Senati a’zosi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abira Huseynova, quyi palata deputati Nazir Sobirov qatnashdi. 

Deputatlar Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalarining nojo‘ya ta’siri oqibatida, hozirga qadar “o‘tkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan davolangan bemor bolalar hayotdan ko‘z yumgani va ayni kunda ushbu dori vositalari iste’molini cheklash, savdodan yig‘ib olish borasida olib borilayotgan ishlar holatini muhokama qildi. 

– Jamiyat omborxonasida nojo‘ya ta’siri sabab yig‘ilgan dori vositalari ko‘zdan kechirildi, – deydi senator Abira Huseynova. – O‘rganish jarayonida “Dok-1 Maks” siropi 2178 dona, “Dok-1 Maks” tabletka №10 713 ta, “Ambronol” siropi 1133 hamda “Ambronol” tabletkasi №10 1813 dona qabul qilib olingan. Dorixona rastalaridan qaytarilgan dori vositalari “Buxoro dori-darmon” MCHJ omborxonasida saqlanmoqda. Mazkur dori vositalarini yig‘ib olish ishlari davom etmoqda.  

 

Zarif Komilov, O‘zA