Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironlikni belgilash tartibi soddalashtirildi (+video)
09:47 / 2026-02-14

Nogironlikni belgilash tizimi — jamiyatda inson huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va ehtiyojmand shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning muhim mexanizmlaridan biri.

Eski tizimga ko‘ra, bemorlar faqat tuman markaziy poliklinikalarining vrachlik-maslahat komissiyalariga og‘zaki murojaat qilgan bo‘lsa, endilikda nogironlikni belgilash masalasida “Inson” markazlari, ijtimoiy xodimlar, my.gov.uz portali va oilaviy shifokorlar orqali murojaat qilish imkoniyati yaratib qo‘yildi.

Bundan tashqari, mavjud tizim bo‘yicha nogironlikni belgilashdan avval barcha uchun bir xil davolanish lozim muddatlari (4 oydan 6 oygacha) bo‘yicha talab bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu talab bekor qilinib, kasallikdan kelib chiqib individual davolanish muddatlari va minimal tibbiy tekshiruv mezonlari belgilanadi. Xususan, 22 kasallik holati uchun – 30 kun, 201 kasallik holati uchun – 60 kun, 237 kasallik holati uchun – 90 kun, 788 kasallik holati uchun – 120 kun hamda 1 ming 141 kasallik holatlarida davolanish muddati talab etilmaydi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Husen Ravshanov sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar xususida ma’lumotlarni taqdim etdi.

Batafsil quyidagi videohavolada.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Dm8KIdbNunY" title="Nogironlikni belgilash tartibi soddalashtirildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA