Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bor shaxslar uchun avtobus va bekatlar qay darajada moslashgan?
20:18 / 2025-07-30

Jamoat transporti va bekatlarda yaratilayotgan sharoitlar aholini manzillariga xush kayfiyatda yetkazishga asos bo‘ladi. Bunday jarayonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tashkil qilingan qulay sharoitlar alohida ahamiyatga ega.

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida Toshkent shahar Bektemir tumanida jamoatchilik nazorati tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Nogironlar assotsiatsiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya hamda Transport nazorati inspeksiyasi hamkorligida o‘tkazilgan monitoringda tumandagi jamoat transportlarida nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. 

Bunda avtobuslar va bekatlarning nogironligi bor fuqarolar uchun jismonan moslashganligi holatlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, avtobuslarga kirish-chiqish uchun yaratilgan sharoitlar, to‘xtash bekatlaridagi maxsus belgilangan joylar, ko‘rgazmali belgilar va platformaga moslik holati, avtobus haydovchilari va xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning inklyuziv yondashuvga tayyorgarlik darajasi kuzatildi. 

Shu bilan birga, axborot vositalari, audio e’lonlarning mavjudligi hamda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. 

Monitoringga ko‘ra, muayyan ijobiy natijalar bilan bir qatorda hali yechimini kutayotgan masalalar borligi qayd etildi, deyiladi O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi ma’lumotida.

Jamoatchilik nazorati imkoniyatlar tengligini ta’minlash va inklyuziv muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘rganishlar kelgusidagi chora-tadbirlar rejasini belgilash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

A.RUSTAMOV, O‘zA