Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bor shaxslar mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatga ega
17:03 / 2021-06-24

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra 162,2 ming nafar davlat ro‘yxatiga olingan nogironligi bor shaxslar mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatga ega.

Ammo Davlat soliq qo‘mitasining jismoniy shaxslar daromad soliqlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan 162,2 ming fuqaroning STIR (INN) bilan solishtirilganda, ulardan atigi 21,1 ming nafarining (13%) ish bilan band ekanligi aytib o‘tildi.  

 2019 yilda BMTning O‘zbekistondagi vaziyatli tahlili shuni ko‘rsatdiki, mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bor shaxslar soni 346084 qishini tashkil qilib, ularning atigi 7,1% rasmiy ravishda ish bilan ta’minlangan.  

 Nogironligi bor shaxslarning ish topish ehtimoli nogironligi bo‘lmagan shaxslarga qaraganda qariyb 4 baravar kamroq. Shu bilan birga, qishloq joylarda nogironlarning atigi 5,8% ish bilan ta’minlangan bo‘lib, nogironligi bor ayollarning ahvoli erkaklarnikiga qaraganda ancha yomonroq: ayollarning atigi 4,4% va erkaklarning 8,9% ish bilan ta’minlangan.  

 Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning atigi 2% ish bilan ta’minlangan . Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning eng dolzarb va o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biri bu ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ochiq mehnat bozorida ishga joylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.  

 «Yuksalish» umummilliy harakati konferens-zalida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash uchun maxsus rekruting veb-portali www.ishplus.uz ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

KOVID-19 pandemiyasi va qat’iy karantin choralari sharoitida mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa nogironligi bor ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi yanada dolzarb muammoga aylandi. Shu sababli, bu loyihaning innovatsion afzalliklaridan biri bu barcha ish topish va ochiq mehnat bozorida moslashish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar onlayn tarzda yoki telefon va ijtimoiy tarmoqlar (Telegram bot) orqali amalga oshiriladi.  

 Portal nafaqat ularga ish topish, balki nogironligi bo‘lgan shaxslar ochiq mehnat bozorida ishga joylashganlaridan so‘ng ularning ish joyidagi moslashuvini ta’minlash uchun sherik maslahati xizmatini yo‘lga qo‘yish. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish qidirish bo‘yicha xizmatlar bepul taqdim etiladi.  

Portalda turli xil nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun maxsus imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib veb-sayt interfeysi ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun moslashtirilgan. Muhimi, portalda taklif qilinayotgan barcha ijtimoiy xizmatlar ochiq mehnat bozorida ishga joylashish bo‘yicha yetarli tajribaga ega nogironligi bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshirilyapti. Loyiha hozir sinov tariqasida Toshkent shahrida amalga oshirilmoqda va keyinchalik butun respublikamiz bo‘ylab amalga oshirish rejalashtirilgan.