Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bor shaxslar hokimiyatda ishlamasin, degan cheklov yo‘q! (+video)
17:21 / 2023-06-06

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali bo‘lib o‘tgan “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish masalasi qanday hal etilyapti?” mavzusidagi ovozli chatda kuzatuvchilar tomonidan ko‘plab savollar berildi.

Savollarga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ullari javob qaytardi.  

Marjona Qiyomova: – Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-kurs talabasiman. 2022 yilda grant yutib, qishlog‘imiz odamlari bepul foydalanishlari uchun kutubxona tashkil qilganman. Kutubxonadagi ishchiga maosh to‘lashim uchun nima qilishim kerak?  

– Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘yicha yaxshi yo‘nalish tanlanganidan xursandmiz. Kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun doimiy ravishda ishchi bo‘lishi kerak. Ovozli chatdan so‘ng mahalliy hokimiyat organlari mas’ullari bilan bog‘lanib, shtat masalasi hal etilishiga yordam beramiz, – dedi Begzod Olimov.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BxoNsM4zYoE" title="Nogironligi bor shaxslar hokimiyatda ishlamasin, degan cheklov yo‘q" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammad Yusuf: – Andijon davlat universitetining tarix fakultetini tamomlab, hozirda maktabda faoliyat olib boryapman. O‘z ustimda ishlab, karera qilish maqsadida hokimiyat hamda ichki ishlar tizimida ishlashni maqsad qilyapman. Ammo ko‘zimda nuqson bor, 2-guruh nogironiman. Men kabi nogironligi bor shaxslar hokimiyatlarda ishlashi mumkinmi?  

– Nogironligi bor shaxslar hokimiyat sohasida ishlamasin, degan cheklov hech qayerda yo‘q. Aksincha, davlatimiz tomonidan nogironligi bor shaxslar uchun bir qancha imtiyozlar beriladi. Davlat tashkilotlarida, shuningdek, 20 nafardan ortiq xodim ishlaydigan tashkilotlarda ish o‘rinlari 7 foizgacha zaxiralanadi. Ana o‘sha 7 foiz ish o‘rinlarining 3 foizi nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun. Shunday ekan, siz bu imkoniyatdan bemalol foydalanishingiz mumkin, – deydi Bahrimurod Jo‘raqulov.   

N.Rahmonova, Yo.Meliboyev (video), O‘zA