French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bor shaxslar ham tadbirkor bo‘lmoqda
11:42 / 2025-12-04

Buxoro viloyatining Vobkent va Romitan tumanlari tobora tadbirkorlarning manziliga aylanmoqda. E’tiborlisi, nogironligi bor shaxslar ham tadbirkor bo‘lishga intilmoqda.

– Ikkinchi guruh nogironiman, – deydi Romitan tumanida istiqomat qilayotgan Qurbon Ibragimov. – Bizga davlatimiz tomonidan ko‘plab imkoniyat va imtiyozlar berilgan. Xususan tadbirkorlik qilsak 50 foiz soliq to‘laymiz. Manga shu tomoni ma’qul bo‘lgani uchun tadbirkorlikni boshlaganman. Mahallamiz soliqchisi doim yordam berib, qo‘shimcha yengillik va soliq yangiliklarini yetkazib turadi. 

– Darhaqiqat, Soliq kodeksiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq stavkasi to‘lovchisi I-II- guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq BHMning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. Buxoroda soliq organlari tomonidan nogironligi bor shaxslar o‘rtasida o‘rnatilgan yaxshi hamkorlik va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun berilgan ko‘mak natijasida bugun viloyatda 4 000 nafardan ortiq nogironligi bor shaxslar tadbirkorlik ortidan daromad topmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida berilgan soliq imtiyozi tufayli ularning ixtiyorida 12 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qoldirilgan, – deydi viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Bahodir Fayziyev. 

Nogironligi bor shaxslarga nafaqa to‘lanayotgani, shu bilan birga, mehnat qilishlari hamda tadbirkorlik uchun  zarur shart-sharoitlar va soliq yengilliklari yaratib berilayotgani chin ma’noda insonparvarlik siyosatining ko‘rinishidir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.