Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bor kishilar fond e’tiborida
13:55 / 2023-07-30

Mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “Mahalla” xayriya jamoat fondi, jumladan, Namangan viloyati bo‘limi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida fond tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga 121 elektron yurituvdagi nogironlik aravachasi, 12 eshitish moslamasi, 4 qo‘ltiqtayoq va 2 hassa, jami 143 moslama beminnat topshirildi. Qayd etish joiz, viloyat hokimligi, Davlat aktivlari agentligining amaliy yordami hamda homiyligida 121 elektron yurituvdagi nogironlik aravachasi olindi va ularni viloyatdagi har bir shahar va tumandagi 8-10 nafardan 15-30 yoshlilarga topshirildi.  

– Ochig‘i, nogironligi bo‘lganlarning ko‘ngli yarimta bo‘lib qolarkan. Keyingi vaqtda salomatligim yomonlashib, yurish-harakatlanishda qiyinchiliklarga duch keldim, – deydi Pop tumanidagi Ultarma mahallasida yashovchi Alomatxon Otaxonova. – Na qo‘shnilar, na qarindoshlar bilan diydorlashish imkoniyati bo‘lmadi. “Mahalla” fondi tomonidan nogironlik aravachasi berildi. Prezidentimiz 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishlari bejizga emasligini his qildim.

Ta’kidlash joiz, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilalariga imkon qadar ko‘proq yordam ko‘rsatish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “Nogiron shaxslarni zarur dori-darmonlar, tibbiy anjomlar va boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashga ko‘maklashish” mavzusidagi grant tanlovida ishtirok etib, olingan mablag‘lar hisobidan viloyatning shahar va tumanlarida alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan nogironligi bor kishilarga zaruriy yordam ko‘rsatildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA