Nogironligi bor insonlar mehnati e’tiborda
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlari savdo yarmarkasini tashkil etdi.
Unda 40 ga yaqin nogironligi bo‘lgan sherobodliklar o‘zlari tayyorlagan mahsulotlari bilan qatnashdi. Nogironligi bor shaxslar o‘z qo‘llari bilan mehr va jilo berib, tayyorlagan turli mahsulotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yarmarka bilan tanishgan tuman muassasa, tashkilot, korxonalari rahbarlari va xodimlari shu yerning o‘zida o‘zlariga manzur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Tadbirda eng faol qatnashgan nogironligi bor shaxslar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri