Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bor fuqarolar doimo e’tiborda
09:34 / 2022-06-25

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Dilshod Usmonov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Termiz shahri, Sherobod va Qiziriq tumanlarida yashayotgan nogironligi bor aholi vakillari holidan xabar oldi. Ular bilan dildan suhbatlashib, muammolarini tingladi. O‘n bir turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.

Mamlakatimizda inson qadr-qimmati ulug‘lanayotgan bir paytda nogironligi bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor qaratilayotir. Ularning huquq va manfaatlarini himoya etish, to‘siqsiz muhit yaratish, jamiyatga integratsiya qilish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadga yo‘naltirilgan mazkur tadbir ham nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bir olam quvonch ulashdi. Ular ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun davlatimizga minnatdorlik bildirib, hayotda duch kelayotgan masalalarini o‘rtaga tashladi. Jumladan, Termiz shahridagi Jayxun mahallasida yashaydigan Maqsuda Bozorova taqdir taqozosi bilan ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qolgan. Ko‘p yillardan buyon u mustaqil yurolmaydi. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Dilshod Usmonov boshchiligidagi mutasaddilar M.Bozorovani yo‘qlab, xonadoniga borganida nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligi ma’lum bo‘ldi. Bu masala joyida qanoatlantirilib, nogironlik aravachasi topshirildi. 

[gallery-7720]

Shu kuni ayrim nogironligi bor yurtdoshlarimiz tibbiyot muassasalari va sanatoriylarda davolanish, protez o‘rnatish kabi masalalarda moddiy yordam berishni so‘radi. Bu murojaatlar ham joyida muhokama etilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sherobod tumanida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi qoshida parranda yetishtirish markazi faoliyat yuritmoqda. Bu yerda parvarishlanayotgan jo‘jalarning asosiy qismi maxsus daftarlarda turgan xonadonlarga bepul tarqatiladi. 

Ayni paytda markazda ikki ming boshdan ortiq jo‘ja boqilmoqda. To‘rt kishi mehnat qilayotgan markazda ochirilgan jo‘jalar ikki oy parvarishlanib, kam ta’minlangan, “temir daftar” va “ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi aholi vakillariga bepul tarqatilayotir. 
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi markaz bilan yaqindan tanishib, o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. 25 nafar “temir daftar” va “ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning har biriga 20 tadan bepul jo‘ja tarqatildi. 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, 
O‘zA