French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bor bolalar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmatlari yo‘lga qo‘yildi
12:12 / 2025-10-14

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, ko‘rish va harakatlanishda muammosi bo‘lgan, alohida ta’lim ehtiyojlari mavjud bolalar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasi ishga tushirildi.“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi oilalar uchun qatnov xarajatlari to‘liq, boshqalar uchun 60 foizgacha subsidiya shaklida qoplab beriladi.  

Safarlar “Yandex Go” ilovasining "Komfort" tarifi orqali amalga oshiriladi.  

Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar bolalari uchun qatnov xarajatining 100 foizi, boshqalar uchun esa 60 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.  

Bunda har bir o‘quvchiga bir oyda ajratiladigan mablag‘ bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 barobaridan oshmaydi va subsidiya shaklida to‘lanadi.  

Safarlar barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan "Yandex Go" ilovasi orqali, “Komfort” tarifi bo‘yicha amalga oshiriladi.  

Agar xizmatdan foydalanish jarayonida muammo yuzaga kelsa, "Yandex Go" yordam xizmati yoki 1070 qisqa raqami orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligining Call-markaziga murojaat qilish mumkin.  

Bolalarning ta’lim muassasasiga yetib borishini yengillashtirish, ular uchun qulay muhit yaratish va teng imkoniyatlarni ta’minlash mazkur loyihaning asosiy maqsadidir.  

Xizmatdan foydalanish tartibi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining rasmiy sahifasi orqali tanishish mumkin.  

Sh.Mamaturopova,

O‘zA