Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilgan ish beruvchiga subsidiya beriladi
15:54 / 2022-12-14

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 20 apreldagi qarori bilan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.

Mazkur nizomga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun BHMning 1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi. Bunda byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan mazkur nizom amal qilmaydi. Ish beruvchi nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.  

Yana bir ma’lumot, fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida  endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchi my.gov.uz  orqali subsidiya olishga ariza berishi mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul, shuningdek, juda oson va qulay. Yuborilgan ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.  

Hujjatga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkin. 

Ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatan ishlayotganini Bandlikka ko‘maklashish markazi monitoring qilib boradi.  

 

O‘zA