Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olishida qulaylik yaratiladi
10:02 / 2023-10-30

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning yoki ularning vakillarining elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha murojaatlari: 

  • 2024 yil 1 yanvardan boshlab tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari orqali; 
  • 2024 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinadi.

2024 yil 1 iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bir martalik to‘lovni YAIDXP orqali ajratish joriy etiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning “E-auksion” platformasi orqali sotib olingan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinishi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga rioya etilishi yuzasidan YAIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatadi. 

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

O‘zA