Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishida qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi
11:30 / 2024-09-09

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.    

Shu jumladan, sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘radi.  

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan, qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.  

Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan, eshitish, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan, o‘rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.  

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.  

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to‘ldirildi.    

Ushbu o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.  

N.Abduraimova,  

O‘zA