Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning muammolari tizimli hal etiladi
14:46 / 2022-02-08

Ayni vaqtda respublika bo‘ylab nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha muammolari tegishli idoralar bilan birgalikda hal etilishi, ularning barchamiz kabi yashashi, ta’lim olishi, ishlashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi masalalari ortiqcha muammo bo‘lmaydi.

Xatlov natijalariga ko‘ra, ambulator va statsionar sharoitda davolanish, reabilitatsiya markazlarida tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya choralarini olish, davolanishga, reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalariga muhtojlar, yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash, qon tomirlarni stendlash, eshitishda nuqsoni borlarni koxlear implantatsiyalash, ichki a’zolar (buyrak, jigar) transplantatsiya qilishga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bahodir Karimov ishtirokida AOKAda nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ta’kidlanishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish jarayonida ularning yashash sharoiti va moddiy ta’minotiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu masalalarga asosan kelgusida amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ishlab chiqish maqsadida ular uchta (“yaxshi - yashil”, “o‘rta - sariq” va “qoniqarsiz - qizil”) toifaga ajratib olinmoqda.

Yana bir muhim masala, ijarada yashayotgan va uy-joyga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar aniqlanib, ularning manzilli ro‘yxati ham shakllantirildi.

O‘z navbatida xatlov ishlari joriy yilning 15 fevral kuniga qadar to‘liq yakunlanib, aniqlangan har bir muammo va masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning tegishli “chora-tadbirlar” dasturi qabul qilinadi.

Mohigul Qosimova,O‘zA