French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari yanada mustahkamlanmoqda
12:07 / 2022-04-28

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

 Senatning yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. 
 
So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq qonunchilikni takomillashtirishda muhim hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilindi. Mazkur qonun “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasidagi so‘nggi islohotlar inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. 

Qonun bilan 9 ta qonun, 8 ta kodeksga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganligi, shuningdek, ularning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.  

Shuningdek, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga “tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” tushunchasi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunida "nogiron"so‘zi "nogironligi bo‘lgan shaxs" so‘ziga o‘zgartirilmoqda. 

Shuningdek, “nogironligi bo‘lgan bolalar” tushunchasi batafsil yoritib berilmoqda. Ular davlat va jamiyat tomonidan himoya qilinishi mustahkamlangan. 

Jamoat joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari o‘z ifodasini topgan. 

Qonun yuzasidan fikr-mulohazalar tinglanib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.  

M.Komilova,O‘zA