English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi
15:46 / 2024-09-20

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda otorinolaringologiya sahasidagi ilm-fanni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 27 fevraldagi PQ-74-son hamda “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 1 avgustdagi PQ-255-son qarorlariga muvofiq, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolalarni bevosita parvarishlayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda otorinolaringologiya sohadagi ilm-fanni rivojlantirish maqsadida bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va boshqalar) uchun davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 1 avgustdagi PQ-255-son qaroriga ko‘ra Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Yuqori nafas yo‘llari a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Eshitish va muvozanat a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Foniatriya va ronxopatiya” ilmiy laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda ushbu laboratoriyalarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish belgilangan edi.

Mazkur qarorga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bazaviy moliyalashtirishga o‘tkaziladigan va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadigan tuzilmalarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlash xarajatlari 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2025 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi. 

O‘zA