Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ishga, o‘qishga joylashishda qanday imkoniyatlar mavjud?
17:16 / 2022-09-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i Umarali Nazarmatov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, respublikadagi mavjud tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) tomonidan 2020 yilda 83,2 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga joylashtirish va kasbga o‘rgatishga yo‘llangan bo‘lsa, 2021 yilda bularning soni 118 ming nafarga yaqin bo‘lgan. Shulardan 109,4 mingga yaqiniga ishga joylashtirishga, 2 mingdan ortig‘iga kasb o‘rganishga va 6,5 mingdan ziyodrog‘iga o‘qishga joylashtirishga tavsiyalar berilgan.

Bu bilan o‘tgan yilga nisbatan ishga joylashtirish uchun beriladigan tavsiya 32 ming 548 taga, o‘qishga joylashtirish uchun beriladigan tavsiya 1 ming 713 taga va kasb o‘rganishga tavsiyalar berish 459 taga oshishi kuzatilgan. 2021 yilda TIEKlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida ularning 8794 nafari ishga, 1 ming 787 nafari o‘qishga joylashtirilgan hamda 6 ming 547 nafariga kasb o‘rgatilgan bo‘lib, bandligini ta’minlanishidagi o‘sish o‘rtacha 1,4 barobarga ortgani aniqlangan.

Tegishli tartibga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyati olib borishi uchun ular tomonidan faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlarga aniq tavsiyalar berilishi yo‘lga qo‘yiladi. TIEKlar tomonidan nogironlik belgilangan shaxsga salomat holatiga qarab 70 ta yo‘nalish bo‘yicha 649 ta turdagi kasblar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va lavozimlar ro‘yxati asosida ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va kasbga o‘qitish ishlari yanada kuchaytiriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlash orqali ularni jamiyatga integrallashuvi ta’minlanadi, oilasiga qo‘shimcha daromadlar kelishiga imkoniyatlar yaratiladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA