Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘llab-quvvatlanmoqda
21:05 / 2025-12-03

FOTOREPORTAJ

Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan viloyat hokimligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyatining viloyat bo‘limi, “Nuroniy”, “Mahalla” va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari hamkorligida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda joriy yil davomida viloyatda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani moslashtirish, ijtimoiy himoya, tibbiy-reabilitatsiya, bandlik va sport yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

[gallery-26543]

Yil davomida 280 dan ortiq davlat va xizmat binolari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi. 50 ta muassasada panduslar, 70 dan ziyod taktil yo‘laklar, 30 ga yaqin maxsus liftlar o‘rnatildi. Jamoat transportida 20 ta pastpol avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ijtimoiy himoya sohasida 7 ming 200 nafar fuqaro nafaqa va moddiy yordam bilan qamrab olindi. 350 nafar yolg‘iz keksa va I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs muntazam parvarishga olindi. Bandlik yo‘nalishida 1 ming 200 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro ishga joylashtirildi. Ta’lim sohasida 40 ta maktabda inklyuziv sinflar, 22 ta bog‘chada maxsus guruhlar tashkil etildi. Sport yo‘nalishida 150 dan ziyod parasportchi tayyorgarlikka qamrab olindi. Xalqaro musobaqalarda 18 ta faxrli o‘rinlarga erishildi. O‘zbekiston chempionatlari va kubok musobaqalarida umumiy hisobda 66 ta oltin, 59 ta kumush va 67 ta bronza medal qo‘lga kiritildi.

Tadbirdan so‘ng mas’ullar uyida yotib qolgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olib, ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA