English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga joylashtirildi
12:48 / 2024-05-09

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar jismoniy imkoniyati cheklangan,  nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilayotgan imtiyozlarni e’tirof etib, ayni kunda tumanda ishlash istagini bildirgan nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlashga doir sa’y-harakat xususida to‘xtaldi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining hamkorlikdagi sa’y-harakati tufayli muhofazaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimga asos solingani aholi muammolari ham tizimlashtirilib, har bir subyekt “keys-menejment” usulida o‘rganilayotgani maqsadga muvofiqdir.  

Mehnat yarmarkasi davomida nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, tasviriy san’at va tikuvchilik, to‘quvchilik yo‘nalishlarida qobiliyati bo‘lgan fuqarolar tomonidan qo‘l mehnati namunalari qo‘rgazmasi tashkillashtirildi. Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida ijtimoiy muhofazaga olingan fuqarolardan 7 nafariga nogironlik aravachasi, bir nafariga qo‘ltiqtayoq hamda 13 nafariga hassa berildi. Mehnat yarmarkasida ishtirok etganlarga tuman davlat va xususiy sektordagi korxona-tashkilotlar tomonidan 150 taga yaqin ish o‘rni taklif etildi.  

Ahamiyatli jihati shundaki, bu jarayonda 77 nafar ishlash istagini  biladirgan fukaroning 53 nafari o‘z tanloviga binoan ishga jalb qilindi. Ish o‘rni va mehnat sharoiti bilan tanishgan fuqarolarning 20 nafarga yaqini bilan shu kunning o‘zida mehnat shartnomalari imzolandi. O‘ttizga yaqiniga huquqiy tushuncha berilgani holda 14 nafar fuqaroga tegishli korxonalardagi shart-sharoitni o‘rganib, taklif berishi tushuntirildi.

–Qizim Rozaxonni imtiyoz asosida davolatdik, endi esa unda ishlash istagi paydo bo‘ldi, –deydi “Qorahoji” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mavjuda Madrasulova. –Mana shu tadbir tufayli endilikda Rozaxon Karimova hududdagi 55-sonli oilaviy poliklinikasida ishlash uchun yo‘llanma olganidan xursandmiz.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri