English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan odamga qarovchilarga ish haqi to‘lash tizimi joriy qilinadi
17:43 / 2023-06-21

Hududlarda Prezidentlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Rustam Kalonov Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumani saylovchilari bilan uchrashdi.  

Uchrashuvlarda ishonchli vakil saylovchilarni nomzodning hayoti, mehnat faoliyati, beshta ustuvor maqsadni qamrab olgan saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.  

Ta’kidlanganidek, saylovoldi dasturida har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyatini va ijtimoiy xizmatlarni manzilli asosda ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Hayotda og‘ir ahvolga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo‘lgan har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi” yuritish tartibi ishlab chiqiladi. Bunda ushbu oilalarning sharoitini yaxshilash, bemor vakillarni davolash, dorilarni yetkazish, farzandlarini bog‘cha va maktabga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutilgan.  

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni hozirgi 80 milliard so‘mdan 250 milliard so‘mga ko‘paytiriladi. Nogironlikni belgilash bo‘yicha hozirgi tibbiy modeldan ijtimoiy modelga o‘tish uchun zarur choralar ko‘riladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish ularning jamiyatga integratsiyasi yanada kuchaytiriladi.  

Oilasidagi nogironligi bo‘lgan odamga qarovchi ehtiyojmand insonlarga ish haqi to‘lash tizimi joriy qilinadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni biznesga jalb qilib, daromad topishga o‘rgatgan, ularning mahsulotini realizatsiya qilishga ko‘maklashgan tadbirkorlarga imtiyoz va afzalliklar berish tartibi ishlab chiqiladi.  

Saylovchilar bilan uchrashuv davomida yana boshqa yo‘nalishlardagi maqsad-vazifalar batafsil tushuntirildi.  

Uchrashuvlar yakunida ishonchli vakil saylovchilarni bo‘lajak saylovda partiya nomzodini qo‘llab-quvvatlab, ovoz berishga chaqirdi.

M.Komilova, O‘zA