Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham daromad solig‘i to‘laydimi?
09:55 / 2021-05-27

Savol: I va II guruh nogironlari ham oyligidan daromad solig‘i to‘laydimi?

Javob: I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar daromad solig‘ini to‘lashda imtiyozga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar safiga kiradi. Ular o‘z daromadlaridan qisman, daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi.

Demak, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar agar bir oyda 5 million so‘m maosh olsa, ushbu maoshning mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdori (taxminan 1 million 53 ming 700 so‘m) dan daromad solig‘i ushlanmaydi. Daromadning qolgan qismi (3 million 946 ming)dan esa 12 foiz miqdorida (473 ming 576 so‘m) daromad solig‘i ushlanadi.

Asos: Soliq kodeksining 380-moddasi.

Ushbu material TDYUUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA