French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish strategiyasi qabul qilinmagan
16:15 / 2020-10-20

Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi boʻlib oʻtdi.


Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Jumladan, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.

Majlisda senatorlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlament soʻrovi natijalari yuzasidan taqdim etilgan axborotda parlament soʻrovida qoʻyilgan vazifalar ijrosi yetarlicha aks ettirilmaganligi aniqlanganini taʼkidladi.

Xususan, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari normativ-huquqiy hujjatlarda yetarlicha tartibga solinmagan, nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish boʻyicha yaqin, oʻrta yoki uzoq muddatli strategiya qabul qilinmagan.

Shu bilan birga, nogironlikni aniqlash uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza oʻtkazishda qoʻllanilayotgan mezonlar qirq yil avval ishlab chiqilgan uslubiyotga asoslangan boʻlib, yangi tartib haligacha ishlab chiqilmagan.

Majlisda parlament soʻrovida keltirilgan masalalar yuzasidan yetarli darajada amaliy choralar koʻrilmaganligi, tegishli ishlar amalga oshirilmaganligiga urgʻu berildi.

Senat aʼzolari parlament soʻrovida belgilangan vazifalarning ijrosini toʻliq taʼminlash hamda bu borada amalga oshirilishi zarur boʻlgan jihatlarga toʻxtaldi.

Majlisda qoʻmita aʼzolari X.Artukbayeva hamda N.Pardayevning 2020-yil davomida senatorlik faoliyati haqidagi hisobotlari eshitildi.