Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironlarga Prezident sovgʻalari topshirildi
14:45 / 2020-01-17

Andijon shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan bir guruh xotin-qizlarga nogironlik aravachalari topshirildi.


Andijon shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan bir guruh xotin-qizlarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Nogironlik aravachalarini topshirishga bagʻishlangan tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimizda odamlarning ogʻirini yengil qilish, ularning hayotdan rozi boʻlib yashashlariga koʻmaklashish, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga yordam koʻrsatish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan opa-singillarimizga nogironlik aravachasi, reabilitatsiya jihozlari – eshitish, vositasi, hassa, qoʻltiq tayoq, yurish moslamalari berib kelinmoqda.

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Zuloyho Mahmudova Andijon shahrida yashovchi 14 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizga Prezident sovgʻasi sifatida nogironlik aravachalarini topshirdi.

– Koʻrsatilgan eʼtibordan boshim koʻkka yetdi, – deydi Andijon shahridagi “Uygʻurobod” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Dilorom Usmonaliyeva. – Uch nafar farzandim bor, hayotda juda koʻp qiynaldim. Nogironlik aravachasi olishga hech ololmaganmiz. Men kabi hayotda qiynalgan, jamiyatdan ajrab qolgan koʻngli oʻksik insonlarga eʼtibor qaratayotgan, koʻmak berayotgan Prezidentimizga, yaxshi insonlarga mingdan-ming rahmat. Xalqimiz baxtiga yurtboshimiz omon boʻlsin.

Taʼkidlash kerakki, oʻtgan yili birgina Andijon viloyatining oʻzida ming nafarga yaqin fuqaroga nogironlik aravachalari taqdim etildi.